Aliment undirish haqidagi nizolarning sudlarda ko‘rilishi va ushbu nizolarning o‘ziga xos xususiyatlari

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi oila, bolalar va yoshlar deb nomlangan. Konstitutsiyaning 77-moddasida, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majbur ekanligi belgilab qo‘yilgan.

80-moddasiga asosan, voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining V bo‘limi oila a’zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlariga bag‘ishlangan.

Mazkur bo‘limda, ota-ona hamda bolalarning aliment huquqi va majburiyatlari, er-xotinlar va sobiq er-xotinlarning aliment majburiyatlari, qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv tuzish tartibi va alimentlarni to‘lash va undirish tartibi bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solingan.

Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi. Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da’vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir. Ota-ona va bola alohida-alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola bir vaqtning o‘zida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli.

Voyaga yetmagan bolalariga aliment to‘lash va ularga ta’minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir.

Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to‘lash tartibini o‘zaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar. Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to‘lash tartibi va shakli haqida ota-ona o‘rtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerak.

Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining

bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi;

ikki bola uchun — uchdan bir qismi;

uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.

Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartdir. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona o‘rtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi. Ota-onadan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga undiriladigan alimentning miqdori sud tomonidan aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli hisobga olinib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi.

Ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdori aliment to‘lovchining oylik ish haqiga va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlar hisobida yoki pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin. Aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi doimo bir xilda bo‘lmay, o‘zgarib tursa yoxud daromadining bir qismini natura tarzida oladigan bo‘lsa, shuningdek daromaddan ulush tarzida aliment undirish imkoniyati bo‘lmasa yoinki ota-ona rasman belgilangan ish haqi yoki daromadga ega bo‘lmasa, voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment miqdori har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.

Ota-ona favqulodda holatlar (bolaning og‘ir shikastlanishi, kasal bo‘lishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning ta’minoti uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishi shart.

Qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishdan bosh tortgan ota (ona)dan sud ularning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, qo‘shimcha xarajatlarni qisman pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

Aliment O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinadi. Chet el valyutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha so‘mlarda hisoblanadi.

Aliment to‘layotgan ota-onaning boshqa voyaga yetmagan bolalari bo‘lib, undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda o‘sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq ta’minlanib qoladigan bo‘lsa, shuningdek aliment to‘layotgan ota (ona) nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan bo‘lsa yoki aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega bo‘lgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin. Agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining to‘liq ta’minotida bo‘lsa, sud aliment to‘layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini hisobga olib, to‘lanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki uni aliment to‘lashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Aliment miqdorini kamaytirish yoki uni to‘lashdan ozod qilish uchun asos bo‘lgan holatlar tugaganda manfaatdor taraf aliment qonunda belgilangan miqdorda undirilishini talab qilib, sudga murojaat etishga haqli.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari qaramog‘ida ekanligi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida g‘amxo‘rlik qilish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish majburiyatidan ozod qilmaydi. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar o‘z ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasalar, ta’minot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi. Ota-ona, aliment undirish haqidagi talabni o‘z bolalarining biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qo‘yganligidan qat’i nazar, aliment miqdorini belgilashda sud voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olishi lozim. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-kesil hal bo‘lgunga qadar sudya shu nizo bo‘yicha vaqtincha to‘lab turilishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatib, ajrim chiqarishi mumkin. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar ota-onasining kasalligiga va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra qilinadigan qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishlari shart. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar tomonidan qo‘shimcha xarajatlar ixtiyoriy ravishda qoplanmasa, talab qilinayotgan summa sud tartibida undirilishi mumkin.

Aliment undirish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i qonunchilikda belgilangan tartibda ijro etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 266-moddasiga asosan, alimentlar undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorlari darhol ijroga qaratiladi.

Voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslar ushbu Kodeksning 79-moddasiga asosan ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ota-onasiga moddiy yordam berish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarorlarini bajarmaslik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Usmonov Zafar Akramovich,

Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining raisi

Фуқаролик суд ишларини юритиш принциплари

Фуқаролик суд ишларини юритиш тўғрисидаги қонун ҳужжатлари буйруқ тартибидаги ишларни, даъво тартибидаги ишларни, алоҳида тартибда юритиладиган ишларни, ҳакамлик судининг ҳал қилув қарори билан боғлиқ ишларни ва чет давлат судларининг ҳамда чет давлат ҳакамлик судларининг (арбитражларининг) ҳал қилув қарорларини тан олиш ва ижрога қаратиш билан боғлиқ ишларни кўриб чиқиш ҳамда ҳал этиш тартибини белгилайди.

Агар Ўзбекистон Республикасининг халқаро шартномасида Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик суд ишларини юритиш тўғрисидаги қонун ҳужжатларида кўрсатилганидан бошқача қоидалар белгиланган бўлса, халқаро шартнома қоидалари қўлланилади.

Фуқаролик суд ишларини юритиш вазифалари қуйидагилардан иборат:

фуқароларнинг шахсий, сиёсий, иқтисодий ва ижтимоий ҳуқуқларини, эркинликлари ва қонуний манфаатларини, Ўзбекистон Республикасининг ҳуқуқлари ва манфаатларини, шунингдек корхоналар, муассасалар, ташкилотлар, жамоат бирлашмалари ва фуқаролар ўзини ўзи бошқариш органларининг (бундан буён матнда ташкилотлар деб юритилади) ҳуқуқлари ҳамда қонун билан қўриқланадиган манфаатларини ҳимоя қилиш мақсадида фуқаролик ишларини тўғри, ўз вақтида кўриб чиқиш ва ҳал этиш;

қонунийлик ва ҳуқуқ-тартиботни мустаҳкамлашга, демократияни, ижтимоий адолатни, фуқаролар ўртасида тинчлик ва миллий тотувликни таъминлашга кўмаклашиш;

қонунга ва судга нисбатан ҳурмат муносабатини шакллантириш.

Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига мувофиқ ҳар
бир шахсга ўз ҳуқуқларини, эркинликларини ва қонуний манфаатларини суд орқали ҳимоя қилиш кафолатланади.

Ҳар қандай манфаатдор шахс бузилган ёки низолашилаётган ҳуқуқи ёхуд қонун билан қўриқланадиган манфаатини ҳимоя қилиш учун фуқаролик суд ишларини юритиш тўғрисидаги қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда фуқаролик ишлари бўйича судга (судга) мурожаат қилишга ҳақли.

Судга мурожаат қилиш ҳуқуқидан воз кечиш ҳақиқий эмас.

Судга мурожаат қилиш:

фуқаролик ҳуқуқий муносабатлардан келиб чиқадиган низолар бўйича – даъво аризаси шаклида;

буйруқ тартибида иш юритиш бўйича, алоҳида тартибда юритиладиган ишлар бўйича, шунингдек ушбу Кодексда назарда тутилган бошқа ҳолларда – ариза шаклида;

апелляция ва кассация инстанцияси судларига мурожаат
этилганда – шикоят (протест) шаклида амалга оширилади.

Мурожаат ва унга илова қилинадиган ҳужжатлар судга электрон ҳужжат тарзида юборилиши мумкин.

Фуқаролик иши ишда иштирок этувчи шахслар, фуқаролик суд ишларини юритишнинг бошқа иштирокчилари судга тақдим этган ёки
суд томонидан талаб қилиб олинган ҳужжатлар ва суд ҳужжатлари асосида суд томонидан шакллантирилади.

Фуқаролик иши электрон шаклда шакллантирилиши мумкин.

Электрон шаклда шакллантирилган фуқаролик ишининг қоғоздаги кўчирма нусхаси бўлиши мумкин.

Фуқаролик иши электрон шаклда шакллантирилган тақдирда,
ишда иштирок этувчи шахслар ва фуқаролик суд ишларини юритишнинг бошқа иштирокчилари ҳужжатларни судга электрон шаклда тақдим этишга ҳақли. Ишда иштирок этувчи шахслар ва фуқаролик суд ишларини юритишнинг бошқа иштирокчилари судга тақдим этган ёзма ҳужжатлар ишга электрон шаклда қўшиб қўйилади, шундан сўнг ёзма ҳужжатлар уларни тақдим этган шахсларга қайтарилади.

Фуқаролик иши электрон шаклда шакллантирилган тақдирда, суд ҳужжатлари судьянинг (судьяларнинг) электрон рақамли имзоси билан тасдиқланади, суд мажлисларининг ҳамда процессуал ҳаракатларнинг баённомалари эса раислик қилувчининг ва суд мажлиси котибининг электрон рақамли имзоси билан тасдиқланади.

Электрон шаклда шакллантирилган фуқаролик ишини бошқа
судга ёки ўзга органга ўтказиш ахборот тизими орқали амалга оширилади.

Суд кўрилаётган ва ҳал этилаётган масала бўйича ҳал қилув
қарори, ажрим, қарор ва буйруқ қабул қилади.

Биринчи инстанция суди ишни мазмунан кўриш натижалари бўйича ҳал қилув қарори қабул қилади, ФПКнинг 18-бобида назарда тутилган ҳолларда эса суд буйруғи қабул қилади.

Апелляция, кассация инстанцияси суди ишни кўриш натижалари бўйича ажрим чиқаради.

Суд қонунда ўзининг ваколатига киритилган маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги ишни кўриш натижалари бўйича қарор чиқаради.

Суд иш мазмунан ҳал этилмайдиган масалаларни кўриш натижалари бўйича ажрим чиқаради.

Фуқаролик ишлари бўйича одил судлов фақат суд томонидан,
ФПКда белгиланган қоидалар бўйича амалга оширилади.

Фуқаролик ишлари бўйича одил судлов фуқароларнинг жинси,
ирқи, миллати, тили, дини, ижтимоий келиб чиқиши, эътиқоди, шахсий ва ижтимоий мавқеидан, ташкилотларнинг эса ташкилий-ҳуқуқий
шаклидан, мулкчилик шаклидан, жойлашган ери, шунингдек бошқа ҳолатлардан қатъи назар, қонун ва суд олдида тенглиги асосида амалга оширилади.

Фуқаролик ишлари бўйича одил судловни амалга оширишда судьялар мустақилдирлар ва фақат қонунга бўйсунадилар.

Судьяларнинг одил судловни амалга ошириш борасидаги фаолиятига бирор-бир тарзда аралашишга йўл қўйилмайди ва бундай аралашув қонунга кўра жавобгарликка сабаб бўлади.

Фуқаролик суд ишларини юритиш тарафларнинг тортишуви ва тенг ҳуқуқлилиги асосида амалга оширилади.

Ўзбекистон Республикасида фуқаролик суд ишлари ўзбек тилида, қорақалпоқ тилида ёки муайян жойдаги кўпчилик аҳоли сўзлашадиган тилда юритилади.

Суд ишлари юритиладиган тилни билмайдиган шахсларга ишга тааллуқли материаллар билан ўз она тилида тўлиқ танишиб чиқиш,
судда она тилида ёки ўзи биладиган бошқа тилда сўзлаш, кўрсатув ва тушунтиришлар бериш, арз билан мурожаат этиш, илтимосномалар тақдим этиш, шунингдек ФПКда белгиланган тартибда таржимоннинг хизматларидан фойдаланиш ҳуқуқи таъминланади.

Ишда иштирок этувчи ва суд ишлари юритиладиган тилни билмайдиган шахс ишдаги суд ҳужжатлари берилишини сўраб ёзма
ариза билан мурожаат этган тақдирда, унга суд ҳужжатлари унинг она тилига ёки у биладиган бошқа тилга таржима қилиб топширилади.

Барча судларда ишлар муҳокамаси ошкора ўтказилади.

Давлат сирига, фарзандликка олиш сирига тааллуқли маълумотлар мавжуд бўлган ишлар бўйича ва қонунда назарда тутилган бошқа ҳолларда ишнинг муҳокамаси ёпиқ суд мажлисида ўтказилади.

Ишда иштирок этувчи шахсларнинг шахсий ҳаёти тўғрисидаги маълумотлар ошкор бўлишининг олдини олиш, ёзишмалар сирини ва
қонун билан қўриқланадиган бошқа сирни сақлаш мақсадида ёпиқ суд муҳокамаси ўтказилишига йўл қўйилади.

Иш суднинг ёпиқ мажлисида кўрилаётганида ишда иштирок
этувчи шахслар, зарур ҳолларда эса гувоҳлар, экспертлар, мутахассислар
ва таржимонлар ҳам ҳозир бўлади.

Ишни суднинг ёпиқ мажлисида эшитиш фуқаролик суд
ишлари юритишнинг барча қоидаларига риоя қилинган ҳолда олиб борилади. Суднинг ёпиқ мажлисида видеоконференцалоқа тизимидан фойдаланишга йўл қўйилмайди.

Суднинг ҳал қилув қарори барча ҳолларда ошкора ўқиб эшиттирилади.

Қонуний кучга кирган суд ҳужжатлари тарафларнинг розилиги
билан ёки шахсини кўрсатмаган тарзда суднинг расмий веб-сайтида
эълон қилиниши мумкин, бундан суднинг ёпиқ мажлисида қабул қилинган суд ҳужжатлари мустасно.

Суд фуқаролик ишини кўраётганда ишга оид далилларни бевосита текшириши: ишда иштирок этувчи шахсларнинг тушунтиришларини, гувоҳларнинг кўрсатувларини, экспертларнинг хулосаларини ва мутахассисларнинг маслаҳатларини (тушунтиришларини) эшитиши, ёзма далиллар билан танишиши, ашёвий далилларни кўздан кечириши шарт.

Суд ишларни Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси ва қонунлари асосида ҳал қилиши шарт. Суд, агар Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси ва қонунларига зид бўлмаса, бошқа қонун ҳужжатларини ҳам қўллайди.

Низоли муносабатни тартибга соладиган ҳуқуқ нормалари
мавжуд бўлмаган тақдирда, суд шунга ўхшаш муносабатларни тартибга соладиган ҳуқуқ нормаларини қўллайди, бундай нормалар мавжуд бўлмаганда эса низони қонунларнинг умумий асослари ва мазмунидан келиб чиққан ҳолда ҳал этади.

Суд Ўзбекистон Республикасининг қонунига ёки халқаро шартномасига мувофиқ чет давлатнинг ҳуқуқ нормаларини ҳам
қўллайди.

Суд тақдим этилган материаллар ва тушунтиришлар билан чекланмасдан, ишнинг ҳақиқий ҳолатларини, тарафларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятларини ҳар тарафлама, тўлиқ ва холисона аниқлаш учун қонунга мувофиқ чоралар кўришга ҳақли.

Суд ишда иштирок этувчи шахсларга уларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятларини тушунтириши, уларни процессуал ҳаракатларни
амалга ошириш ёки амалга оширмаслик оқибатлари тўғрисида огоҳлантириши ҳамда ишда иштирок этувчи шахсларга ўз ҳуқуқларини амалга оширишида кўмаклашиши керак.

Суднинг қонуний кучга кирган ҳужжатлари барча давлат
органлари ва бошқа органлар, ташкилотлар, мансабдор шахслар ва фуқаролар учун мажбурийдир ҳамда Ўзбекистон Республикасининг
бутун ҳудудида ижро этилиши лозим.

Суд ҳужжатини бажармаслик қонунда назарда тутилган жавобгарликка сабаб бўлади.

Суд ҳужжатининг мажбурийлиги манфаатдор шахсларни ўз
ҳуқуқлари ва қонун билан қўриқланадиган манфаатларини ҳимоя қилиш учун, башарти буларга дахлдор низо судда кўриб чиқилмаган
ва ҳал этилмаган бўлса, судга мурожаат қилиш имкониятидан маҳрум этмайди.

             Фуқаролик ишлари бўйича

             Пешку туманлараро суди раиси                                       Ў.С.Разиков

             Девонхона мудири                                                                Ш.Ғафуров

Битимлар, вакиллик ва даъво муддати

Агар халқаро шартномада ёки битимда фуқаролик қонун ҳужжатларидагига қараганда бошқача қоидалар белгиланган бўлса, халқаро шартнома ёки битим қоидалари қўлланилади.

Фуқаролик ҳуқуқ ва бурчлари қонун ҳужжатларида назарда тутилган асослардан, шунингдек фуқаролар ҳамда юридик шахсларнинг, гарчи қонун ҳужжатларида назарда тутилган бўлмаса-да, лекин фуқаролик қонун ҳужжатларининг умумий негизлари ва мазмунига кўра фуқаролик ҳуқуқ ҳамда бурчларни келтириб чиқарадиган ҳаракатларидан вужудга келади.

Фуқаролик ҳуқуқ ва бурчлари қуйидагилардан вужудга келади:

1) қонунда назарда тутилган шартномалар ва бошқа битимлардан, шунингдек гарчи қонунда назарда тутилган бўлмаса-да, лекин унга зид бўлмаган шартномалар ва бошқа битимлардан;

2) қонунда фуқаролик ҳуқуқ ва бурчлари вужудга келишининг асоси сифатида назарда тутилган давлат органларининг ёки фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари ҳужжатларидан;

3) суднинг фуқаролик ҳуқуқ ва бурчларини белгилаган қароридан;

4) қонун йўл қўядиган асосларда мол-мулк олиш натижасида;

5) фан, адабиёт, санъат асарларини яратиш, ихтиролар ва бошқа интеллектуал фаолият натижасида;

6) бошқа шахсга зарар етказиш натижасида;

7) асоссиз бойиб кетиш натижасида;

8) фуқаролар ва юридик шахсларнинг бошқа ҳаракатлари натижасида;

9) қонун ҳужжатлари фуқаролик-ҳуқуқий оқибатларнинг келиб чиқиши билан боғлайдиган ҳодисалар натижасида.

Давлат рўйхатидан ўтказилиши шарт бўлган мол-мулкка бўлган ҳуқуқлар, агар қонунда бошқача тартиб назарда тутилган бўлмаса, унга бўлган тегишли ҳуқуқлар рўйхатдан ўтказилган пайтдан бошлаб
вужудга келади.

Фуқаролар ва юридик шахслар ўзларига тегишли бўлган фуқаролик ҳуқуқларини, шу жумладан уларни ҳимоя қилиш ҳуқуқини ҳам ўз хоҳишларига кўра тасарруф этадилар.

Фуқаролар ва юридик шахсларнинг ўз ҳуқуқларини амалга оширишдан воз кечиши бу ҳуқуқларнинг бекор қилинишига олиб келмайди, қонунда назарда тутилган ҳоллар бундан мустасно.

Фуқаролик ҳуқуқларини амалга ошириш бошқа шахсларнинг ҳуқуқларини ҳамда қонун билан қўриқланадиган манфаатларини бузмаслиги шарт. Фуқаролик ҳуқуқий муносабатлари иштирокчиларининг ҳалол, оқилона ва адолат билан ҳаракат қилиши назарда тутилади.

Фуқаролар ва юридик шахслар ўз ҳуқуқларини амалга оширишда жамиятнинг маънавий тамойиллари ва ахлоқий нормаларини ҳурмат қилишлари, тадбиркорлар эса – иш одоби қоидаларига ҳам риоя этишлари керак.

Фуқаролар ва юридик шахсларнинг бошқа шахсга зарар етказишга, бошқача шаклларда ҳуқуқни суиистеъмол қилишга, шунингдек ҳуқуқни унинг мақсадига зид тарзда амалга оширишга қаратилган ҳаракатларига йўл қўйилмайди.

Фуқаролик ҳуқуқлари процессуал қонунлар ёки шартномада белгилаб қўйилганидек, ишлар қайси судга тааллуқли бўлишига қараб, суд, иқтисодий суд ёки ҳакамлик суди (бундан кейин — суд) томонидан ҳимоя қилинади.

Қонунда назарда тутилган ҳоллардагина фуқаролик ҳуқуқлари маъмурий тартибда ҳимоя қилинади. Маъмурий тартибда қабул
қилинган қарор устидан судга шикоят қилиш мумкин.

Фуқаролик ҳуқуқлари қуйидаги йўллар билан ҳимоя қилинади:

ҳуқуқни тан олиш;

ҳуқуқ бузилишидан олдинги ҳолатни тиклаш ва ҳуқуқни бузадиган ёки унинг бузилиши хавфини туғдирадиган ҳаракатларнинг олдини олиш;

битимни ҳақиқий эмас деб топиш ва унинг ҳақиқий эмаслиги оқибатларини қўллаш;

давлат органининг ёки фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органининг ҳужжатини ҳақиқий эмас деб топиш;

шахснинг ўз ҳуқуқини ўзи ҳимоя қилиши;

бурчни аслича (натура) бажаришга мажбур қилиш;

зарарни тўлаш;

неустойка ундириш;

маънавий зиённи қоплаш;

ҳуқуқий муносабатни бекор қилиш ёки ўзгартириш;

давлат органининг ёки фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органининг қонунга зид ҳужжатини суднинг қўлламаслиги.

Фуқаролик ҳуқуқлари қонунда назарда тутилган бошқача усуллар билан ҳам ҳимоя қилиниши мумкин.

Давлат органининг ёки фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органининг қонун ҳужжатларига мувофиқ бўлмаган ҳамда фуқароларнинг ёки юридик шахснинг фуқаролик ҳуқуқларини ва қонун билан қўриқланадиган манфаатларини бузадиган ҳужжати суд томонидан ҳақиқий эмас деб топилиши мумкин.

Суд ҳужжатни ҳақиқий эмас деб топган тақдирда, бузилган ҳуқуқ ушбу Кодекснинг 11-моддасида назарда тутилган усулларда ҳимоя қилиниши керак.

Фуқаролик ҳуқуқларини шахснинг ўзи ҳимоя қилишига йўл қўйилади.

Фуқаролик ҳуқуқларини шахснинг ўзи ҳимоя қилиш усуллари ҳуқуқни бузишга мутаносиб бўлиши ҳамда ҳуқуқ бузилишининг олдини олиш учун зарур ҳаракатлар доирасидан чиқиб кетмаслиги керак.

Агар ҳуқуқни бузган шахс бунинг натижасида даромад олган
бўлса, ҳуқуқи бузилган шахс бошқа зарар билан бир қаторда бой
берилган фойда бундай даромаддан кам бўлмаган миқдорда тўланишини талаб қилишга ҳақли.

Давлат органи ёки фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органи томонидан қонун ҳужжатларига мувофиқ бўлмаган ҳужжат қабул қилиниши, шунингдек улар мансабдор шахсларининг ғайриқонуний ҳаракатлари (ҳаракатсизлиги) натижасида фуқарога ёки юридик шахсга етказилган зарарнинг ўрни давлат томонидан ёки фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органи томонидан қопланиши лозим. Бундай зарарнинг ўрни давлат органининг бюджетдан ташқари маблағлари ёки фуқаролар ўзини ўзи бошқариш органининг маблағлари ҳисобидан қопланади.

Фуқаролик ишлари бўйича

Пешку туманлараро суди раиси                                                      Ў.С.Разиков

Девонхона мудири                                                                                  Ш.Ғафуров

Биринчи инстанция судида ишларни юритиш

Фуқаролик суд ишларини юритиш тўғрисидаги қонун ҳужжатлари буйруқ тартибидаги ишларни, даъво тартибидаги ишларни, алоҳида тартибда юритиладиган ишларни, ҳакамлик судининг ҳал қилув қарори билан боғлиқ ишларни ва чет давлат судларининг ҳамда чет давлат ҳакамлик судларининг (арбитражларининг) ҳал қилув қарорларини тан олиш ва ижрога қаратиш билан боғлиқ ишларни кўриб чиқиш ҳамда ҳал этиш тартибини белгилайди.

Агар Ўзбекистон Республикасининг халқаро шартномасида Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик суд ишларини юритиш тўғрисидаги қонун ҳужжатларида кўрсатилганидан бошқача қоидалар белгиланган бўлса, халқаро шартнома қоидалари қўлланилади.

Фуқаролик суд ишларини юритиш вазифалари қуйидагилардан иборат:

фуқароларнинг шахсий, сиёсий, иқтисодий ва ижтимоий ҳуқуқларини, эркинликлари ва қонуний манфаатларини, Ўзбекистон Республикасининг ҳуқуқлари ва манфаатларини, шунингдек корхоналар, муассасалар, ташкилотлар, жамоат бирлашмалари ва фуқаролар ўзини ўзи бошқариш органларининг (бундан буён матнда ташкилотлар деб юритилади) ҳуқуқлари ҳамда қонун билан қўриқланадиган манфаатларини ҳимоя қилиш мақсадида фуқаролик ишларини тўғри, ўз вақтида кўриб чиқиш ва ҳал этиш;

қонунийлик ва ҳуқуқ-тартиботни мустаҳкамлашга, демократияни, ижтимоий адолатни, фуқаролар ўртасида тинчлик ва миллий тотувликни таъминлашга кўмаклашиш;

қонунга ва судга нисбатан ҳурмат муносабатини шакллантириш.

Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига мувофиқ ҳар бир шахсга ўз ҳуқуқларини, эркинликларини ва қонуний манфаатларини
суд орқали ҳимоя қилиш кафолатланади.

Ҳар қандай манфаатдор шахс бузилган ёки низолашилаётган ҳуқуқи ёхуд қонун билан қўриқланадиган манфаатини ҳимоя қилиш
учун фуқаролик суд ишларини юритиш тўғрисидаги қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда фуқаролик ишлари бўйича судга (судга) мурожаат қилишга ҳақли.

Судга мурожаат қилиш ҳуқуқидан воз кечиш ҳақиқий эмас.

Судга мурожаат қилиш:

фуқаролик ҳуқуқий муносабатлардан келиб чиқадиган низолар бўйича – даъво аризаси шаклида;

буйруқ тартибида иш юритиш бўйича, алоҳида тартибда юритиладиган ишлар бўйича, шунингдек ушбу Кодексда назарда
тутилган бошқа ҳолларда – ариза шаклида;

апелляция ва кассация инстанцияси судларига мурожаат
этилганда – шикоят (протест) шаклида амалга оширилади.

Мурожаат ва унга илова қилинадиган ҳужжатлар судга электрон ҳужжат тарзида юборилиши мумкин.

Фуқаролик иши ишда иштирок этувчи шахслар, фуқаролик суд ишларини юритишнинг бошқа иштирокчилари судга тақдим этган ёки
суд томонидан талаб қилиб олинган ҳужжатлар ва суд ҳужжатлари асосида суд томонидан шакллантирилади.

Фуқаролик иши электрон шаклда шакллантирилиши мумкин.

Электрон шаклда шакллантирилган фуқаролик ишининг қоғоздаги кўчирма нусхаси бўлиши мумкин.

Фуқаролик иши электрон шаклда шакллантирилган тақдирда,
ишда иштирок этувчи шахслар ва фуқаролик суд ишларини юритишнинг бошқа иштирокчилари ҳужжатларни судга электрон шаклда тақдим этишга ҳақли. Ишда иштирок этувчи шахслар ва фуқаролик суд ишларини юритишнинг бошқа иштирокчилари судга тақдим этган ёзма ҳужжатлар ишга электрон шаклда қўшиб қўйилади, шундан сўнг ёзма ҳужжатлар уларни тақдим этган шахсларга қайтарилади.

Фуқаролик иши электрон шаклда шакллантирилган тақдирда, суд ҳужжатлари судьянинг (судьяларнинг) электрон рақамли имзоси билан тасдиқланади, суд мажлисларининг ҳамда процессуал ҳаракатларнинг баённомалари эса раислик қилувчининг ва суд мажлиси котибининг электрон рақамли имзоси билан тасдиқланади.

Электрон шаклда шакллантирилган фуқаролик ишини бошқа
судга ёки ўзга органга ўтказиш ахборот тизими орқали амалга оширилади.

Суд кўрилаётган ва ҳал этилаётган масала бўйича ҳал қилув
қарори, ажрим, қарор ва буйруқ қабул қилади.

Биринчи инстанция суди ишни мазмунан кўриш натижалари бўйича ҳал қилув қарори қабул қилади, ушбу Кодекснинг 18-бобида назарда тутилган ҳолларда эса суд буйруғи қабул қилади.

Апелляция, кассация инстанцияси суди ишни кўриш натижалари бўйича ажрим чиқаради.

Суд қонунда ўзининг ваколатига киритилган маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги ишни кўриш натижалари бўйича қарор чиқаради.

Суд иш мазмунан ҳал этилмайдиган масалаларни кўриш натижалари бўйича ажрим чиқаради.

Фуқаролик ишлари бўйича одил судлов фақат суд томонидан,
ушбу Кодексда белгиланган қоидалар бўйича амалга оширилади.

Фуқаролик ишлари бўйича одил судлов фуқароларнинг жинси,
ирқи, миллати, тили, дини, ижтимоий келиб чиқиши, эътиқоди, шахсий
ва ижтимоий мавқеидан, ташкилотларнинг эса ташкилий-ҳуқуқий
шаклидан, мулкчилик шаклидан, жойлашган ери, шунингдек бошқа ҳолатлардан қатъи назар, қонун ва суд олдида тенглиги асосида амалга оширилади.

Фуқаролик ишлари бўйича одил судловни амалга оширишда судьялар мустақилдирлар ва фақат қонунга бўйсунадилар.

Судьяларнинг одил судловни амалга ошириш борасидаги фаолиятига бирор-бир тарзда аралашишга йўл қўйилмайди ва бундай аралашув қонунга кўра жавобгарликка сабаб бўлади.

Фуқаролик суд ишларини юритиш тарафларнинг тортишуви ва тенг ҳуқуқлилиги асосида амалга оширилади.

Ўзбекистон Республикасида фуқаролик суд ишлари ўзбек тилида, қорақалпоқ тилида ёки муайян жойдаги кўпчилик аҳоли сўзлашадиган тилда юритилади.

Суд ишлари юритиладиган тилни билмайдиган шахсларга ишга тааллуқли материаллар билан ўз она тилида тўлиқ танишиб чиқиш,
судда она тилида ёки ўзи биладиган бошқа тилда сўзлаш, кўрсатув ва тушунтиришлар бериш, арз билан мурожаат этиш, илтимосномалар тақдим этиш, шунингдек ушбу Кодексда белгиланган тартибда таржимоннинг хизматларидан фойдаланиш ҳуқуқи таъминланади.

Ишда иштирок этувчи ва суд ишлари юритиладиган тилни билмайдиган шахс ишдаги суд ҳужжатлари берилишини сўраб ёзма
ариза билан мурожаат этган тақдирда, унга суд ҳужжатлари унинг она тилига ёки у биладиган бошқа тилга таржима қилиб топширилади.

Барча судларда ишлар муҳокамаси ошкора ўтказилади.

Давлат сирига, фарзандликка олиш сирига тааллуқли маълумотлар мавжуд бўлган ишлар бўйича ва қонунда назарда тутилган бошқа ҳолларда ишнинг муҳокамаси ёпиқ суд мажлисида ўтказилади.

Ишда иштирок этувчи шахсларнинг шахсий ҳаёти тўғрисидаги маълумотлар ошкор бўлишининг олдини олиш, ёзишмалар сирини ва
қонун билан қўриқланадиган бошқа сирни сақлаш мақсадида ёпиқ суд муҳокамаси ўтказилишига йўл қўйилади.

Иш суднинг ёпиқ мажлисида кўрилаётганида ишда иштирок
этувчи шахслар, зарур ҳолларда эса гувоҳлар, экспертлар, мутахассислар
ва таржимонлар ҳам ҳозир бўлади.

Ишни суднинг ёпиқ мажлисида эшитиш фуқаролик суд ишлари юритишнинг барча қоидаларига риоя қилинган ҳолда олиб борилади. Суднинг ёпиқ мажлисида видеоконференцалоқа тизимидан фойдаланишга йўл қўйилмайди.

Суднинг ҳал қилув қарори барча ҳолларда ошкора ўқиб эшиттирилади.

Қонуний кучга кирган суд ҳужжатлари тарафларнинг розилиги
билан ёки шахсини кўрсатмаган тарзда суднинг расмий веб-сайтида
эълон қилиниши мумкин, бундан суднинг ёпиқ мажлисида қабул қилинган суд ҳужжатлари мустасно.

Суд фуқаролик ишини кўраётганда ишга оид далилларни бевосита текшириши: ишда иштирок этувчи шахсларнинг тушунтиришларини, гувоҳларнинг кўрсатувларини, экспертларнинг хулосаларини ва мутахассисларнинг маслаҳатларини (тушунтиришларини) эшитиши, ёзма далиллар билан танишиши, ашёвий далилларни кўздан кечириши шарт.

Суд ишларни Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси ва қонунлари асосида ҳал қилиши шарт. Суд, агар Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси ва қонунларига зид бўлмаса, бошқа қонун ҳужжатларини ҳам қўллайди.

Низоли муносабатни тартибга соладиган ҳуқуқ нормалари мавжуд бўлмаган тақдирда, суд шунга ўхшаш муносабатларни тартибга
соладиган ҳуқуқ нормаларини қўллайди, бундай нормалар мавжуд бўлмаганда эса низони қонунларнинг умумий асослари ва мазмунидан келиб чиққан ҳолда ҳал этади.

Суд Ўзбекистон Республикасининг қонунига ёки халқаро шартномасига мувофиқ чет давлатнинг ҳуқуқ нормаларини ҳам қўллайди.

Суд тақдим этилган материаллар ва тушунтиришлар билан чекланмасдан, ишнинг ҳақиқий ҳолатларини, тарафларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятларини ҳар тарафлама, тўлиқ ва холисона аниқлаш учун қонунга мувофиқ чоралар кўришга ҳақли.

Суд ишда иштирок этувчи шахсларга уларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятларини тушунтириши, уларни процессуал ҳаракатларни
амалга ошириш ёки амалга оширмаслик оқибатлари тўғрисида огоҳлантириши ҳамда ишда иштирок этувчи шахсларга ўз ҳуқуқларини амалга оширишида кўмаклашиши керак.

Суднинг қонуний кучга кирган ҳужжатлари барча давлат органлари ва бошқа органлар, ташкилотлар, мансабдор шахслар ва фуқаролар учун мажбурийдир ҳамда Ўзбекистон Республикасининг бутун ҳудудида ижро этилиши лозим.

Суд ҳужжатини бажармаслик қонунда назарда тутилган жавобгарликка сабаб бўлади.

Суд ҳужжатининг мажбурийлиги манфаатдор шахсларни ўз
ҳуқуқлари ва қонун билан қўриқланадиган манфаатларини ҳимоя
қилиш учун, башарти буларга дахлдор низо судда кўриб чиқилмаган ва
ҳал этилмаган бўлса, судга мурожаат қилиш имкониятидан маҳрум этмайди.

Фуқаролик ишлари бўйича

Пешку туманлараро суди раиси                                                      Ў.С.Разиков

Девонхона мудири                                                                                  Ш.Ғафуров

Иқтисодий суд томонидан ҳал этиладиган низолар

Ўзбекистон Республикаси Иқтисодий процессуал кодексининг 26-моддасига кўра, иқтисодий суд:

– тузилиши мажбурийлиги қонунда назарда тутилган шартномани тузишда юзага келган келишмовчиликлар тўғрисидаги;

– шартнома тарафлари томонидан кўриб чиқилиши судга ўтказилиши келишилган шартномани тузишда юзага келган келишмовчиликлар ҳақидаги;

– шартномани ўзгартириш ёки бекор қилиш тўғрисидаги;

– битимни ҳақиқий эмас деб топиш ҳақидаги;

– мажбуриятлар бажарилмаганлиги ёки лозим даражада бажарилмаганлиги тўғрисидаги;

– мулк ҳуқуқини тан олиш ҳақидаги;

– мулкдор ёки мулкнинг бошқа қонуний эгаси томонидан мол-мулкни бошқа шахснинг ғайриқонуний эгалигидан талаб қилиб олиш тўғрисидаги;

– интеллектуал фаолият объектлари ва фуқаролик муомаласи иштирокчиларининг хусусий аломатларини акс эттирувчи воситалар, товарлар, ишлар ва хизматларга мулкий ҳуқуқлари бузилганлиги ҳақидаги;

– мулкдорнинг ёки мол-мулкнинг бошқа қонуний эгасининг ҳуқуқлари эгалик қилишдан маҳрум этиш билан боғлиқ бўлмаган ҳолда бузилганлиги тўғрисидаги;

– зарарнинг ўрнини қоплаш ҳақидаги;

– ишчанлик обрўсини ҳимоя қилиш тўғрисидаги;

– ундириш сўзсиз (акцептсиз) тартибда амалга ошириладиган ижро ҳужжатини ёки бошқа ҳужжатни ижро этиш мумкин эмас деб топиш ҳақидаги, бундан маъмурий ва бошқа оммавий ҳуқуқий муносабатлардан келиб чиқадиган талаб бўйича ижро ҳужжати ёки бошқа ҳужжат мустасно;

– агар қонунда жарималарни сўзсиз (акцептсиз) тартибда ундириш назарда тутилмаган бўлса, назорат қилувчи органлар томонидан юридик шахслар ва фуқаролардан жарималар ундириш тўғрисидаги;

– назорат қилувчи органлар томонидан қонун ҳужжатлари талабларини бузган ҳолда сўзсиз (акцептсиз) тартибда ҳисобдан чиқарилган пул маблағларини бюджетдан қайтариш ҳақидаги низоларни ҳал этади.

Суд қонун билан ўзининг ваколатига киритилган бошқа низоларни ҳам ҳал қилади.

                                                                  С.Абдурасулов

Вилоят суди раиси ўринбосари – иқтисодий ишлар бўйича судлов ҳайъати раиси

                                                                  М.Набиев

                                                                  Ғиждувон туманлараро

                                                                  иқтисодий суди раиси

Тўловга қобилиятсизлик тўғрисидаги ишларни кўриб чиқиш якунлари бўйича қандай суд ҳужжатлари қабул қилиниши мумкин?

Тўловга қобилиятсизлик тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Қонунининг 51-моддасига биноан тўловга қобилиятсизлик тўғрисидаги ишни кўриб чиқиш натижалари бўйича суд қуйидаги суд ҳужжатларидан бирини қабул қилади:

  • қарздорни банкрот деб топиш ва тугатишга доир иш юритишни бошлаш ҳақидаги қарор;
  • қарздорни банкрот деб топишни рад этиш тўғрисидаги қарор;
  • суд санацияси тартиб-таомилини жорий этиш ва унинг муддатини узайтириш тўғрисидаги ажрим;
  • ташқи бошқарув тартиб-таомилини жорий этиш ва унинг муддатини узайтириш тўғрисидаги ажрим;
  • тўловга қобилиятсизлик тўғрисидаги иш юритишни тугатиш ҳақида ажрим;
  • тўловга қобилиятсизлик тўғрисида иш қўзғатиш ҳақидаги аризани кўрмасдан қолдириш тўғрисидаги ажрим;
  • келишув битимини тасдиқлаш тўғрисидаги ажрим.

Тўловга қобилиятсизлик тўғрисидаги иш бўйича суд ҳужжатлари, агар ушбу Қонунда бошқача қоида белгиланмаган бўлса, дарҳол ижро этилиши лозим.
Тўловга қобилиятсизлик тўғрисидаги иш бўйича суд ҳужжатининг кўчирма нусхаси суд томонидан дарҳол қарздорнинг турган жойидаги (яшаш жойидаги) давлат ижрочисига юборилади.

Ф.Муродов
Когон туманлараро иқтисодий
суди раиси

Н.Зоиров
Ромитан туманлараро иқтисодий
суди раиси

Кимлар судга қарздорга нисбатан тўловга қобилиятсизлик тўғрисидаги иш қўзғатиш ҳақида ариза бериш ҳуқуқига эга бўлиб ҳисобланади?

Тўловга қобилиятсизлик тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Қонуни талабларига мувофиқ, давлат солиқ хизмати органлари, кредиторлар, махсус ваколатли давлат органи, яъни Ўзбекистон Республикаси Давлат активларини бошқариш агентлиги ҳамда унинг ҳудудий бошқармалари, шунингдек қарздорнинг ўзи ҳам тўловга қобилиятсизлик тўғрисида иш қўзғатиш ҳақида судга ариза тақдим этиши мумкин. Бунда иқтисодий суд томонидан қонунчилик ҳужжатларида белгиланган тартибда ва муддатларда ариза суд мажлисида мазмунан кўриб чиқилиб, ишни кўриб чиқиш якунлари бўйича тегишли суд ҳужжати қабул қилинади.

Ф.Муродов

Когон туманлараро иқтисодий

суди раиси

Н.Зоиров

Ромитан туманлараро иқтисодий

суди раиси

Shahar bedarvoza emas

M.G‘ulomov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2024-yil 10-dekabr kuni soat taxminan 20:20 da Kogon shahar, Bunyodkor mahallasi, Buxoro shoh ko‘chasi,
35-uyning yerto‘lasida joylashgan “O‘zbegim” pivo, spirtli ichimliklari sotish shoxobchasida notanish bir fuqaro, ya’ni F.G‘oziyev bilan arzirli sabablarsiz o‘zaro janjallashib qolishdi.

Janjal davomida M.G‘ulomov F.G‘oziyevning turli sohalariga oyoqlari bilan tepib, qo‘llarini musht qilgan holda bir necha marotaba urib, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazdi.

Sud, davlat ayblovchisi va himoyachining xulosasini, sudlanuvchi va jabrlanuvchining ko‘rsatmasini eshitib, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, sudlanuvchining jinoyat sodir etishdagi aybi o‘zining iqrorlik bildirib bergan ko‘rsatmasidan tashqari, dastlabki tergov va sudda so‘roq qilingan jabrlanuvchining ko‘rsatmalari, xabarnoma va hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi va unga foto ilovalar, ekspertiza xulosasi, so‘roq qilish bayonnomalari, tushuntirish xatlari hamda jinoyat ishida to‘plangan boshqa dalillar yig‘indisi bilan o‘z tasdig‘ini topgan deb hisobladi.

Mushtumzo‘rga 1 yilu 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu M.G‘ulomov singari “polvon”larga yaxshigina “dars” bo‘ldi, bizningcha. Bunday mushtumzo‘rlarga dono xalqimizning aytgan adolatli gapi bor: “Shahar bedarvoza emas”. Kim qonunni buzsa, qilmishiga yarasha jazo olishi muqarrar.

Yashin NIYOZOV

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudining raisi

Муштумзўр қўлга олинди

Афсуски, билагидаги кучини оила фаравонлиги йўлидаги меҳнатга эмас, турмуш ўртоғини уриш, таҳқирлашга сарфловчи муштумзўрлар ҳам бор орамизда.

И.Б 2025 йил 7 февраль куни тахминан соат 02:00 ларда уйида хотини С.Қни уриб, енгил шикаст етказди. Аммо “полвон”га бу ҳам камлик қилди шекилли, у 14 апрель куни тахминан соат 21:00 ларда аёлининг соғлигини ёмонлашувига олиб келган тарзда шаъни ва қадр-қимматини таҳқирлаб, уни қўрқитиб уриб, оилавий зўравонлик қилди. Доимий камситишлардан чарчаган аёл адолат истади…

Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 26-моддасида инсоннинг шаъни ва қадр-қиммати дахлсизлиги, ҳеч нарса уларни камситиш учун асос бўлиши мумкин эмаслиги, ҳеч ким қийноққа солиниши, зўравонликка, бошқа шафқатсиз, ғайриинсоний ёки инсон қадр-қимматини камситувчи муомалага ёхуд жазога дучор этилиши мумкин эмаслиги кафолатланган.

Муштумзўрнинг қилимиши суд тиббий экспертиза хулосаси, маълумотнома, тушунтириш хатлари ҳамда ишда тўпланган бошқа объектив далиллар йиғиндиси билан тўлиқ ўз тасдиғини топди.

Полвонлигини аёлига кўрсатган И.Б қилмишига яраша жазосини оладиган бўлди. Бу эса шу тоифадаги баъзи “эркак”ларга “дарс” бўлади деган умиддамиз.

Бобир УМАРОВ

Жиноят ишлари бўйича Когон шаҳар тергов судьяси

Суд бошқарувчилари, уларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари

“Тўловга қобилиятсизлик тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни (бундан буён матнда Қонун деб юритилади)нинг 1-моддасига кўра,ушбу Қонуннинг мақсади юридик ва жисмоний шахсларнинг, шунингдек якка тартибдаги тадбиркорларнинг тўловга қобилиятсизлиги соҳасидаги муносабатларни тартибга солишдан иборат. Ушбу Қонуннинг амал қилиши давлат муассасаларига ва бошқа нотижорат ташкилотларига нисбатан татбиқ этилмайди, бундан матлубот кооперативи ёки ижтимоий фонд шаклидаги фаолиятни амалга ошираётган юридик шахслар мустасно.

Иқтисодий судлар томонидан тўловга қобилиятсизлик тўғрисидаги ишлар Қонун ва Ўзбекистон Республикаси Иқтисодий процессуал кодекси талабларига мувофиқ кўриб ҳал этилади. Суд томонидан қарздор тўловга қобилиятсиз деб топилганда, тугатиш ишларини олиб бориш учун тегишли аттестатга эга бўлган суд бошқарувчиси тайинланади. Хўш, суд бошқарувчиси деганда амалдаги қонунчилик ҳужжатларига кўра кимлар тушунилади?

Маълумки, Қонуннинг 22-моддасига асосанолий маълумотга ҳамда камида икки йиллик иш стажига эга бўлган, шунингдек ваколатли давлат органида аттестациядан ўтган шахслар суд бошқарувчилари этиб тайинланиши мумкин. Ушбу модданинг биринчи қисмида назарда тутилган талабларга жавоб берадиган, фуқаролик ва иқтисодий суд ишларини юритишга ихтисослашуви бўйича лицензияга эга бўлган адвокат ҳам суд бошқарувчиси бўлиши мумкин.

Суд бошқарувчилари этиб қуйидагилар тайинланиши мумкин эмас:

қарздорга ёки кредиторларга нисбатан манфаатдор шахслар;

судланганлик ҳолати тугалланмаган ёки судланганлиги олиб ташланмаган шахслар;

суд томонидан муомалага лаёқатсиз деб топилган шахслар;

ўзига нисбатан тўловга қобилиятсизлик тартиб-таомили жорий этилган якка тартибдаги тадбиркорлар ёки жисмоний шахслар;

илгари суд бошқарувчиси вазифасини бажараётганда қарздорга, кредиторларга зарар етказган ва бу зарарнинг ўрнини қопламаган шахслар;

ваколатли давлат органи қарори билан суд бошқарувчиси аттестатининг амал қилиши тугатилган (бекор қилинган) ва (ёки) вақтинча тўхтатиб турилган (суд бошқарувчиси аттестатининг амал қилиш муддати вақтинча тўхтатиб турилган муддатга) шахслар;

ўзига нисбатан бошқа шахсларнинг ишларини ва (ёки) мол-мулкини бошқариш бўйича фаолиятни амалга оширишга чеклов белгиланган шахслар (бундай фаолият билан шуғулланиш ҳуқуқидан маҳрум этилган шахслар).

Суд ушбу модданинг учинчи қисмида кўрсатилган асосларга мувофиқ тўловга қобилиятсизлик тўғрисидаги ишда иштирок этаётган шахслар тақдим этган далиллар бўлган тақдирда, суд бошқарувчилигига тавсия этилган номзодни тайинлашни рад этади ёки суд бошқарувчисини вазифаларини бажаришдан озод этади.

Суд бошқарувчиси тўловга қобилиятсизлик тўғрисидаги ишда иштирок этаётган шахсларга зарар етказилиши ҳодисаси учун ўз жавобгарлигини суд томонидан суд бошқарувчилигига тайинланган санадан эътиборан ўн кун ичида суғурталаши керак.

Ушбу модданинг бешинчи қисмида кўрсатилган талаблар тўловга қобилиятсизликнинг соддалаштирилган тартибини амалга ошираётган суд бошқарувчиларига нисбатан татбиқ этилмайди.

Кредиторлар йиғилиши суд бошқарувчисидан қарздорнинг мол-мулкини суғурта қилиш шартномасини тузишни талаб қилишга ҳақли.

Энди, суд бошқарувчисининг ҳуқуқ ва мажбуриятлари ҳақида тўхталиб ўтсак.

Қонуннинг 23-моддасида суд бошқарувчисининг ҳуқуқлари ва мажбуриятлари келтириб ўтилган бўлиб, унга кўра суд бошқарувчиси:

кредиторлар йиғилишини чақиришга;

ушбу Қонунда назарда тутилган ҳолларда кредиторлар қўмитаси чақирилишини талаб қилишга;

олдиндан давлат божи тўламай туриб, даъво аризалари ва бошқа аризалар билан судга мурожаат этишга;

ушбу Қонуннинг 26-моддасига мувофиқ ҳақ олишга;

бошқа шахсларни улар фаолиятига қарздорнинг маблағлари ҳисобидан ҳақ тўлаган ҳолда, агар кредиторлар билан тузилган битимда бошқача қоида белгиланган бўлмаса, шартнома асосида жалб этишга;

давлат хизматларидан, шу жумладан Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги ҳузуридаги Давлат хизматлари агентлиги орқали кўрсатиладиган хизматлардан олдиндан ҳақ тўламасдан фойдаланишга;

қарздорнинг мулки, ҳисoбвaрaқлaри вa депозитлaри, шу жумлaдaн крeдит кaртaлари, электрон баланслaри вa электрон пул ўткaзмaлaри тўғрисидa жисмоний вa юридик шaxслaрдан (шу жумлaдaн крeдит тaшкилoтлaридaн) ҳамда дaвлaт oргaнлaридaн бепул ахборот oлишга;

қарздор жисмоний шахсдан унинг жисмоний шахснинг қaрзини таркибий жиҳатдан ўзгартириш рeжaсини aмaлгa oширишга доир фaoлияти тўғрисидaги ахборотни сўрaб олишга;

ўз зиммасига юклатилган мажбуриятларни бажариш учун давлат солиқ хизмати ва божхона органларидан, бюджетдан ташқари жамғармалардан, кўчмас мулкка оид ҳужжатларни рўйхатдан ўтказувчи органлардан ҳамда қарздор корхона ва унга тегишли мол-мулк тўғрисида зарур ахборотга эга бўлган бошқа ваколатли органлардан ахборот олишга;

ўз вазифаларини бажаришни муддатидан илгари тугатиш тўғрисида судга ариза беришга ҳақли.

Суд бошқарувчиси қонунчиликка мувофиқ бошқа ҳуқуқларга ҳам эга бўлиши мумкин.

Суд бошқарувчиси:

қарздорнинг мол-мулки бут сақланиши юзасидан чоралар кўриши;

кредиторларнинг талаблари реестрини шакллантириши ва юритиши;

қарздорнинг молиявий аҳволини таҳлил қилиши;

қарздорнинг молиявий аҳволи ва (ёки) ўз фаолияти тўғрисидаги ахборотни кредиторнинг талабига кўра ўн кунлик муддатда тақдим этиши;

сохта тўловга қобилиятсизлик, тўловга қобилиятсизликни яшириш ёки қасддан тўловга қобилиятсизликка олиб келиш аломатларини аниқлашга доир ҳаракатларни амалга ошириши ва чоралар кўриши ҳамда бундай аломатлар аниқланганлиги ҳақида кредиторлар йиғилишига, судга, ваколатли давлат органига, шунингдек ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга хабар бериши;

қарздор жисмоний шахснинг қарзини таркибий жиҳатдан ўзгартириш режасининг бажарилиши устидан назоратни амалга ошириши;

қарздор жисмоний шахс томонидан кредиторларнинг талаблари тўла ҳажмда қаноатлантирилиши учун маблағларнинг ўз вақтида тўлиқ тўланишини назорат қилиши;

суд ҳужжатлари билан ўз зиммасига юклатилган вазифаларни бажариши шарт.

Суд бошқарувчисининг зиммасида қонунчиликка мувофиқ бошқа мажбуриятлар ҳам бўлиши мумкин.

Суд бошқарувчиси тўловга қобилиятсизлик тартиб-таомилларини ўтказаётганда қарздорнинг ва кредиторларнинг манфаатларини кўзлаб оқилона иш юритиши шарт.

Агар суд бошқарувчиси зиммасига юклатилган вазифаларни бажармаганда ёки лозим даражада бажармаганда қарздорга, кредиторларга ва учинчи шахсларга зарар етказилган бўлса, мазкур зарар суд бошқарувчисидан суд тартибида ундирилиши мумкин.

Худди шундай қоида Қонуннинг 144-моддасида ҳам келтириб ўтилган. Хулоса ўрнида шуни таъкидлаш керакки, суд томонидан тўловга қобилиятсиз деб топилган қарздорга нисбатан тугатиш ишлари тегишли аттестатга эга бўлган тугатиш бошқарувчиси томонидан амалга оширилиб, Қонун билан унинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари ҳам белгилаб қўйилган. Суд бошқарувчиси ушбу ҳуқуқ ва мажбуриятларга қатъий амал қилган ҳолда иш кўриши лозим бўлади.

         С.Абдурасулов

                       Бухоро вилоят суди раисининг

                       ўринбосари – иқтисодий ишлар     

                                                                          бўйича судлов ҳайъати раиси

     Ф.Муродов

     Бухоро вилояти Когон туманлараро

     иқтисодий судининг раиси

Skip to content