Buxoro Viloyat Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasida Buxoro viloyat sudi sudyalari hamda viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan sud boshqaruvchilar ishtirokida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi hamda Sud boshqaruvchilari faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish va muammoli masalalarni hal etish muhokamasiga bag’ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat sudi raisi o‘rinbosari S.Abdurasulov hamda viloyat sudi sudyasi I.Yuldashev, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari R.Ersoriyev, Bo‘lim boshlig‘i N.To‘rayev Bankrotlik taomili qo‘llanilgan korxonalar Sud boshqaruvchilar ishtirok etishdi.
Buxoro viloyat sudi raisi S.Abdurasulov so‘zga chiqib, viloyat iqtisodiy sudlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillarda ayrim sud boshqaruvchilar tomonidan tugatishga doir ishlarini yetarli darajada olib borilmaganligi oqibatida 34 ta korxonalarni tugatishga doir ishlari bir yilgacha yoki bir yildan oshiq mobaynida cho‘zilib kelinayotganligi to‘g‘risida gapirib, ushbu korxonalarda tugatish ishlarini borishi to‘g‘risida sud boshqaruvchilar bilan birma bir tanqidiy ko‘rib chiqilib, mazkur korxonalarni yil yakuniga qadar yakunlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Shuningdek, bankrot deb topilgan 30 ta fermer xo‘jaliklari amalda faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi, ularning yer maydonlari mavjudligi, yer maydonlari tuman zaxirasiga topshirilmaganligi, tugatish ishlari boshlangandan so‘ng ham paxta, g‘alla va boshqa ekinlar yetishtirish bo‘yicha faoliyat yuritib, hosil olib kelayotganligi, lekin mavjud qarzdorliklar to‘lanmasdan kelinayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, N.To‘rayev so‘zga chiqib, sud boshqaruvchilar tomonidan bankrotlik taomillari qo‘llanilgan korxonalarda jarayonlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan gapirib, viloyatda iqtisodiy sudlar tomonidan 2022-yilda bankrot deb topilib tugatishga doir ishlari 2023-yilga o‘tgan bankrot korxonalarni joriy yilning oxiriga qadar tugatishga doir ishlari to‘liq yakunlanib davlat reyestridan chiqarish choralarini ko‘rishni;
Shuningdek, Iqtisodiy sudlar tomonidan joriy yilning 1-noyabriga qadar bankrot deb topilib, tugatish ishlari olib borilayotgan korxonalarni tugatishga doir ishlari to‘liq yakunlab joriy yil yakuniga qadar davlat reyestridan chiqarish choralarini ko‘rish to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng, yig‘ilishda bankrotlik taomili qo‘llanilgan korxonalarda tugatish jarayonlarining olib borilishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash hamda tugatish ishlarini jadallashtirish, sud boshqaruvchilari faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, ayrim sud boshqaruvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash to‘g‘risida”gi Qoidalar talablariga rioya qilmasdan qarzdorning moliyaviy ahvoli va bankrotlikka olib kelish holatlarini chuqur tahlil qilmasdan asoslantirilmagan holda nomigagina yuqoridagi alomatlar mavjud emasligi to‘g‘risida xulosalar tayyorlanib kelinayotganligi aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, bankrot korxonalarda faoliyat yuritayotgan sud boshqaruvchilarining hisobot va tugatish jarayonidagi muammolari eshitildi va kun tartibidagi masala tanqidiy muhokama qilindi.