Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaning 32-yilligi munosabati bilan o’zbekistondagi vaziyat tahlili

Fuqarolik ishlari bo’yicha  Buxoro tumanlararo sudi binosida Buxoro viloyati yuridik texnikumi talabalari uchun “Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaning 32-yilligi munosabati bilan O’zbekistondagi vaziyat tahlili” mavzusida o’quv seminar trening tashkil etildi. Ushbu seminar treningda Fuqarolik ishlari bo’yicha  Buxoro tumanlararo sudi sudyasi A.Baxromov va Buxoro viloyati yuridik texnikumi ’’Ommaviy huquqiy fanlar ’’kafedrasi o’qituvchisi M. Rajabova hamda DXF2/20-guruh talabalari ishtirok etishdi. So’zga Buxoro viloyati yuridik texnikumi o’qituvchisi Muxtaram  Rajabova chiqib talabalar va seminar ishtirokchilariga ’’Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaning 32-yilligi munosabati bilan O’zbekistondagi vaziyat tahlili’’ mavzusida bir qator ma’lumotlar berib o’tdi.      Shundan so’ng so’zga Fuqarolik ishlari bo’yicha  Buxoro tumanlararo sudi sudyasi Alisher Bahronov so’zga chiqib quydagi ma’lumotlarni talabalarga aytib o’tib,bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya — bolalar huquqi to‘g‘risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo‘lgan hamda kelajakka qaratilgan eng to‘la va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyab.da bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959 yilda qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya „Insoniyat o‘zida mavjud bo‘lgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ deb eʼlon qilgan edi.

Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalklar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat. Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balog‘at yoshi birmuncha erta belgilangan bo‘lmasa, 18 yoshga to‘lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi.

Konvensiya bolaning yashash va sog‘lom rivojlanish huquqiga, farzandlikqa olish bilan bog’liq huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda oila va otaonaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodi, millim, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sogʻligʻining ahvoli otaonasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qati nazar, bironbir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi kerak. deb o’z fikrini yakunladi.

Talabalar mavzu doirasida keng ko’lamli tushunchalarga ega bo’lishdi. Ushbu seminar treningni tashkil etishdan maqsad talabalarni dars davomida o’zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llash va kelajakda kasb ko’nikmalarini shakllantirishga zamin yaratdi.

Alisher Bahronov, Fuqarolik ishlari bo’yicha Buxoro tumanlararo sudining sudyasi