Sud hokimyati va davlat suverenitetida amalga oshirlayotgan islohotlar
Sud hokimiyati – hokimiyatlar boʻlinishi qoidasiga koʻra, davlat hokimiyatining alohida va mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmogʻi. U oʻzida: a) odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari, yaʼni jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik, maʼmuriy va konstitutsiyaviy ish (nizo)larni protsessual, qonun bilan belgilangan tartibda koʻrib chiqish vakolatlari yigʻindisini, baʼzi mamlakatlarda, shuningdek, huquq normalarini izohlash vakolatlarini, qonun ijodkorligi vakolatlari va boshqa 2 darajali vakolatlarni; b) yuqorida qayd etilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organlari tizimini mujassamlashtiradi. Odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari va yordamchi vakolatlarga boʻlinadi. Hozirgi zamon demokratik davlatlarida Sud hokimiyatining asosiy vakolatlari turli toifadagi sudlar zimmasiga yuklanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Sud hokimiyati ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligi, qonun ustuvorligini taʼminlashga, inson huquklari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga karatilgan. Mamlakatimizda Sud hokimiyatining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi, tuzilishi va faoliyat yuritishining qonuniy asosi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining «Sudlar toʻgʻrisida»gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Konstitutsiyada mustahkamlanishicha, «Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi».
Suverenitet (fransuzcha: souverainete — oliy hokimiyat) — hokimiyatning ustunligi va mustaqilligi. Suverenitetni hurmatlash — xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy prinsipidir. Konstitutsiyaviy huquq fanida davlat suvereniteti, millat suvereniteti, xalq suvereniteti tushunchalari ishlatiladi. Davlat suvereniteti — hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda toʻla mustakilligidir. Davlat suvereniteti haqidagi goya Jan Boden
(16-asr, Fransiya) ga tegishlidir. Uning fikricha, Suverenitet davlatning eng muxim belgisi hisoblanadi, bunda abadiy, mutlaq, boʻlinmas oliy hokimiyat nazarda tutiladi. Davlat suvereniteti tushunchasi keyingi davrlarda yanada rivojlantirildi va boyitiddi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat suvereniteti alohida bobda oʻz ifodasini topgan, Konstitutsiyaning
1-moddasida „Oʻzbekiston suveren demokratik respublika“ ekanligi qayd qilingan. Millat suvereniteti — millatning toʻla hokimiyatini, uning toʻla siyosiy erkinligini, oʻz milliy hayotini belgilash real imkoniyatiga egaligini, mustaqil davlatni tashkil qila olishgacha boʻlgan huquqqa egaligini bildiradi. Xalq suvereniteti — xalqning toʻla hokimiyatini anglatadi, yaʼni xalq jamiyat va davlatni boshqarishda real ishtirok etish uchun ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy vositalarga ega boʻladi. Xalq suvereniteti — barcha demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy tuzum prinsiplaridan biri bo’lib hisoblanadi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida kursatilishicha, „Xalq davlat hokimiyatining birdanbir manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini koʻzlab va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.
Nodirbek Sharopov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining raisi
Nurbek Raximov, Buxoro viloyat sudining bosh konsultanti