O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – Inson huquqlari va erkinliklarining mustahkam poydevori.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi dunyo xamjamiyatida o`zining umuminsoniy qadriyatlarga sodiq ekanligini, insonning eng oliy qadriyat sifatida talqin etilishi bilan o`z o`rniga ega. Konstutsiyamizning barcha g`oyalari, avvalo , inson va fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan bo`lip, davlatning roli ushbu huquq va erkinliklarini ta`minlashda aks etadi.
Yurtimizda inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlab qoʻyilgan.
Konstitutsiyada insonning huquq va erkinliklari yashash huquqidan boshlanadi. Hayot oliy qadriyat hisoblanib, insonning hayotiga daxl qilishga hech kimning haqqi yoʻq.
Shaxsning fikr va soʻz erkinligi Konstitutsiyaviy huquqning eng muhimlaridan biridir. Har bir shaxs har qanday voqea hodisaga nisbatan oʻz shaxsiy fikriga ega boʻlib, u oʻz fikrini oshkora aytish huquqiga egadir. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respubliksining  Konstitusiyasi  xalqimiz  siyosiyhuquqiy  tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Konstitusiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi,  davlat  organlari,  fuqarolik jamiyati  institutlari shakllandi.  Bugungi  kunda  barcha  jabhalarda  keng  ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va harbiysalohiyatimiz  yuksalib,  fuqarolarimizning  dunyoqarashi tobora  o‘sib  bormoqda.  Bularning  barchasi,  eng  avvalo,  Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuchqudrati natijasidir.
Konstitusiyaning 7 moddasida  mustahkamlangan “Xalq  davlat  hokimiyatining birdan – bir manbaidir”degan ulug‘vor g‘oyaning amaliy ifodasi, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi. Shu bilan birga, harkim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga  ega  ekani,  jinoyat  sodir  etishda  ayblanayotgan shaxsning  aybi  sudda  aniq  bo‘lmaguncha  u  aybdor  hisoblan masligi to‘g‘risidagi konstitusiyaviy normalarni amalda ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.
Albatta, bu qoidani hayotga to‘liq  tatbiq  etish,  birinchi  navbatda,  sudlarning  chinakam mustaqilligi, ularning adolatli faoliyat yuritishi bilan chambar-chas bog‘liq. Shu maqsadda biz sud tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, yagona sud amaliyotini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirildi. Sudyalarni  tanlash va lavozimlarga tayinlashda noqonuniy aralashuvlarning oldini olish, ochiq, oshkora va muqobil tanlov tizimini yaratish maqsadida Sudyalar oliy kengashi ta’sis etildi. Sudya  lavozimiga  muddatsiz  tayinlash  amaliyoti  joriy qilindi. 
Shu   borada  jahon  tajribasini  chuqur  o‘rganilib,  o‘z tariximizda birinchi marta bunday yangiliklar amalga oshirldi. Shu  asosda  sudyalarning  fuqarolar  huquqlarini  himoya  qilish bo‘yicha mustaqilligining kafolatlari kuchaytirildi. Sodda qilib aytganda, sudya muddatsiz davrga tayinlansin, lekin u doim xalqparvar bo‘lib, adolatli ish olib borsin. Sudya adolatli hukm chiqarishi uchun avvalo xalqni, uning hayotini,dardu tashvishlarini yaxshi bilishi kerak.
Ana shu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida ma’muriy sudlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Endilikda fuqarolarimizning haq-huquqlari davlat idoralari tomonidan buzilsa, ular har bir tuman  va  shaharda  tuzilgan  ma’muriy  sudlarga  murojaat qilishlari  mumkin.  Ilgari  har  bir  tumanda bunday  sudlar  bo‘lmagani  tufayli  odamlar  o‘z  muammolarini vaqtida hal qilolmasdan sarson bo‘lar edi. Sudlarning xalq oldidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida yangi  tayinlanayotgan  sudyalar  tegishli  hudud  jamoatchiligi, mahalla faollari muhokamasidan o‘tkazilmoqda.
 “Sudtergov  faoliyatida  fuqarolarning  huquq  va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga binoan bundan  buyon  O‘zbekistonda  qiynoqqa  solish,  ruhiy,  jismoniy bosim  o‘tkazish  va  boshqa  zo‘ravonlik  holatlariga  mutlaqo  yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday jinoiy qilmishlarni sodir etgan har qanday shaxs,  u  kim  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  muqarrar  ravishda javobgarlikka tortiladi. Jinoyat ishlari doirasida noqonuniy usullar bilan olingan harqanday  ma’lumotlardan,  jumladan,  audio  va  video materiallardan,  ashyoviy  dalillardan  foydalanish  qat’iyan taqiqlanadi.  Qiynoqqa  solish,  himoyaga  bo‘lgan  huquqni  buzish, insonni aldash va tergov jarayonida boshqa noqonuniy usullarni qo‘llash man etiladi. Dalillarni soxtalashtirish uchun alohida jinoiy javobgarlik joriy qilinadi.
Endilikda advokatlar jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi. Bu dalillar tergov va sud idoralari  tomonidan  majburiy  tekshirilishi  va  baholanishi kerak. Qiynoqqa solish kabi noqonuniy usullarni qo‘llashni qat’iyan cheklash  maqsadida  tergov  va  vaqtincha  saqlash  hibsxonalari videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi. Eng muhimi, noqonuniy usullar qo‘llash to‘g‘risidagi bironta ham xabar e’tiborsiz qolmasligi shart. Prokuratura organlari har bir holat bo‘yicha chuqur tekshiruv o‘tkazib, aybdor shaxslarning muqarrar javobgarligini ta’minlaydi.
 O`zbekiston yangilanish jarayonida sud huquq sohasini tubdan isloh qilishga alohida ahamiyat berilayotganligi bejiz emas.Chunki,Konstitusiyamizda mustahkamlangan  inson  huquqlarini  ta’minlash  ushbu islohotlarning amaliy natijasi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu yangilanish jarayonida  eng asosiy e’tibor fuqarolarimizga o‘z huquqlarini  ro‘yobga  chiqarish  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratishga qaratildi.  “Jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  murojaatlari to‘g‘risida”gi  Qonun  yangi  tahrirda  qabulqilindi.  Shu  asosda aholi uchun maqbul bo‘lgan usullar “ishonch telefonlari” va tezkor  aloqa  telefonlari  orqali  hamda  videokonferensaloqa vositasida murojaat qilish tartibi joriy etildi.
Fuqarolarimizning Konstitusiyada muhrlab qo‘yilgan davlat organlari  va  muassasalariga,  xalq  vakillariga  murojaat qilish huquqlarini ta’minlash maqsadida ommaviy uchrashuvlarda murojaatlarni qabul qilish tartibi belgilandi. Bugungi kunda fuqarolarimiz  mansabdorlar  oldiga  emas,  balki  mansabdor shaxslarning o‘zi xalqimiz oldiga bormoqda. Bu- katta o‘zgarish. 
“Huquqiy  axborotni tarqatish  va  undan  foydalanishni  ta’minlash  to‘g‘risida”  yangi Qonun qabul qilinishida fuqarolarning huquq va manfaatlariga daxldor  bo‘lgan  hujjatlar  va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyati yanada oshirildi. Bundan keyin fuqarolarimiz har qanday davlat organi, boshqa tashkilotlar  va  mansabdor  shaxslardan  huquqiy  axborotni  hech qanday cheklovsiz olishi kafolatlanadi. Nima uchun bunday qoida joriy etildi? Odamlar so‘rab borsa, tumandagi  eng  kichik  amaldor  ham  birorta  hujjatni  ularga bermaydi.  Bunga kattalar ruxsat bermaydi,  deb bahona qiladi.  Bu muhum hujjatga muofiq ,  endilikda eng quyi bo‘g‘indagi rahbarlargacha xalqimiz xizmatida bo‘lishini
anglashimiz mumkin. Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarimiz tizimini takomillashtirib borish Konstitusiyamizda muhrlab qo‘yilgan.
“Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli” hamda “Xususiy mulk  boshqa  mulk  shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat himoyasida”degan  normalarni  amalda  ro‘yobga  chiqarish  maqsadida  yangi institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik  sub’yektlarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti ta’sis etilgan.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining Uning  jazoni  ijro  etish  muassasalarida nazoratni  amalga oshirishga oid vakolatlari kengaytirilgan. Adashib jinoyat yo‘liga kirgan yoki sodir etgan qilmishidan chin  dildan  pushaymon  bo‘lgan  insonlarga  yana  bir  bor  imkon berish,  ularni  jamiyatga,  oilasi  bag‘riga  qaytarish  muhim ijtimoiy masalalardan biri hisoblanadi. Nega deganda, ular ham O‘zbekiston fuqarolari, shu yurt farzandlaridir. Yuridik sohadan  yiroq  bo‘lgan  odamlar amnistiya  va afv degan tushunchalarning farqiga bormasligi sir emas. Mamlakatimizda har yili amnistiya aktlari qabul qilinadi. Amnistiyaning asosiy mazmuni shundan iboratki, u avval jinoyatlar toifasini belgilab beradi, keyin esa ana shu jinoyatlar toifasiga tushadigan shaxslar aniqlanadi.
Albatta,  amnistiya  jinoyat  sodir  etgan  odamlarni  kechirish bo‘yicha  muhim  mexanizmlardan  biri.  Biroq,  tahlillar  shuni ko‘rsatmoqdaki,  oldindan  chuqur  o‘rganmasdan  turib  javobgarlikdan ozod qilishni belgilash qilmishiga pushaymon bo‘lmagan, yetkazilgan  zararni  to‘liq  qoplamagan  shaxslarham  amnistiya doirasiga  kirib  qolishiga  sabab  bo‘lgan. Ming afsuski,  korrupsiya  holatlari  ham  bo‘lgan  deb  aytsak,  to‘g‘ri bo‘ladi. Bu esa amnistiyaga tushgan kimsalarda jazoni his etmaslik, bizga  hamma  narsa  mumkin,  degan  noto‘g‘ri  kayfiyatning shakllanishiga olib kelgan.
Bu jarayonda sodir etilgan jinoyatning og‘irlik darajasi, sud tayinlagan  jazoning  qanchalik  adolatli  ekani  ham  e’tiborga olindi. Chuqur tahlil va o‘rganishlar natijasida chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatni bilib bilmay sodir etgan, tuzalish yo‘liga  qat’iy  o‘tgan  mahkumlarning  aniq  doirasi  belgilandi va aynan shunday shaxslar afv etildi. Prezident tomonidan kechirilgan har bir shaxs o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlab, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga munosib hissa qo‘shadi, jamiyatda o‘z o‘rnini topadi. Jinoyatchilikning oldini  olish  maqsadida  yangi  dastur va  rejalar  amalga  oshirilmoqda.  Jumladan,  sohaga  axborot kommunikasiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Mahallalar, ko‘chalar,  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  ob’yektlarida  114 mingdan ortiq  videokuzatuv  vositasi  o‘rnatildi.  Ularning  yordamida 10mingga yaqin jinoyat fosh etildi. Yil  davomida  jinoyatchilik  darajasi  2016 yilga  nisbatan 14 foizga kamaydi va bunda ana shu ishlarning ahamiyati katta bo‘ldi.
 Kelajakda el-yurtimizning ishonchi va mehrini qozongan, tom ma’nodagi  xalqparvar  ichki  ishlar  tizimini  yaratishimiz kerakligi va “Xavfsiz shahar” loyihasini hayotga tatbiq etish natijasida samarali ishlar olib borilmoqda . Jamiyatimizda “Qonun va adolat ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar”degan  prinsipni  qaror  toptirish  uchun barchamiz o`z kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz maqsadga muvofiq. Mazkur  yo‘nalishdagi  e’tiborga  molik  ishlar  qatorida korrupsiyaga qarshi kurashishning yaxlit tizimi yaratilganligi alohida ta’kidlash lozim.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi  davlat  apparati  va  fuqarolik  jamiyati  institutlarining ushbu xavfli illat bilan kurashdagi kuch va imkoniyatlarini birlashtirish imkonini berdi. Huquqnimuhofaza  qiluvchi  organlarning  faoliyat  mazmuni butunlay o‘zgarmoqda. Huquqbuzarliklar     profilaktikasi va jinoyatchilikka  qarshi  kurashishning  mutlaqo  yangi  tizimi  yaratildi. Faqat  jazolash  bilan  qo‘rqitib,  huquqbuzarliklarning  oqibati bilan  kurashish  emas,  balki  noqonuniy  harakatlar  sodir etilishining barvaqt oldini olish eng dolzarb vazifaga aylandi.
Ma’lumki,  Asosiy  qonunimizda “Davlat  xalq  irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi”to‘g‘risidagi norma  belgilab  qo‘yilgan.  Uning  ijrosini  amalda  ta’minlash maqsadida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilindi.
Konsyepsiyaga asosan davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning  6  ta  ustuvor  yo‘nalishi  belgilandi  va  maxsus “yo‘l xaritasi”bo‘yicha  100  dan  ortiq  ijro  hokimiyati  organlari faoliyati qayta ko‘rib chiqilmoqda. Ma’muriy islohotlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad ixcham  va  professional  ijro  organlari  tizimini,  zamonaviy menejmentga asoslangan boshqaruv tizimini yaratishdan iboratdir.
Xulosa o`rnida shuni takidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog‘liq.
Taraqqiyot strategiyasida o‘z aksini topayotgan, adolatli va xalqparvar davlat barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadigan vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalo, yangi konstitusiyaviy makon hamda yanada mustahkam qonunchilik bazasi kerak. Shu ma’noda,  Asosiy  qonunimizni  jamiyatdagi bugungi  real  voqelikka,  shiddatli  islohotlarimiz  mantig‘iga moslashtirilmoqda, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratish muhim vazifadir.
 
                                                                                     Ikromjon Toshov,
                                                                                     Buxoro viloyat sudi sud’yasi.
 
Alisher BAXROMOV,
                 Fuqarolik ishlari bo’yicha
Buxoro tumanlararo sudi sud’yasi