TOZA EKOLOGIYA- BUYUK KELAJAK DEMAKDIR
Atrof-muhit ifloslanishi, havo, suv, tuproq va shovqin kabi tabiiy resurslarning inson faoliyati natijasida zararli moddalar bilan ifloslanishi holatidir. Bu ifloslanish ekotizimlarni buzib, o‘simliklar, hayvonlar va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Atrof-muhit ifloslanishi bugungi kunda biz duch kelayotgan eng jiddiy global muammolardan biridir. Ifloslanishning asosiy sabablari orasida sanoat faoliyatlari, qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalar qo‘llanilishi, transport vositalari chiqindilari va chiqindi boshqaruvi muammolari bor.
Zero muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2025- yilni “Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi zamirida ko‘p ma’no yotadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda atmosfera havosining ifloslanganlik darajasi kunda-kunga yuqoriga ko‘tarilib bormoqda. Bu o‘zgarishlarga asosiy sabab sifatida aholi yashash tarzining o‘zgarishi, texnika- texnologiyalarning ortishi, sivilizatsiyaning tabiatga ta’siri natijasida deb tushunish qiyin emas.
Issiqxonalar, g’isht zavodlaridan yoxud avtomobillardan chiqayotgan tutunlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Qolaversa, aholi zax qochirish tarmoqlariga, sug‘orish tarmoqlariga tashlanayotgan chiqindilar, turli hayvonlar jasadlari, birgina suvni bulg‘amasdan butun bir tabiatga ziyon yetkazmoqda. Aholi ongida,”Suv yetti marta aylansa – tozalanadi” degan qarash mavjud. Ammo biz yaxshi bilamizki, suvga tashlangan hayvon qanday kasallik bilan o‘lgan bo‘lsa, aynan shu kasallik suvga o‘tib qolishi va ushbu suvdan analiz olinganda inson hayotiga zararli bo‘lgan bakteriyalar o‘tish ehtimoli yuqori. Bu iflosliklar bilan zararlangan suvni tozalashda qancha sarf- xarajatlar qilinishidan aholini ogohlantirish yaxshi natija beradi deb o‘ylaymiz.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida va Oliy Majlis palatalarining majlislarida belgilangan vazifalarning ijrosini og‘ishmay tashkil etish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida hadli konvensiyasining Kioto protokoli va Parij bitimi doirasida mamlakatning global hamjamiyat oldida olgan majburiyatlarini bajarishda tarmoq va sohalarning uyg‘un “yashil transformatsiyasi”ni amalga oshirish, ularning raqobatbardoshligi va resurs tejamkorligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish hamda aholining yashash sifatini yaxshilash va iqtisodiy o‘sishning yangi “yashil rivojlanish” modeliga o‘tish maqsadida; “Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot yili”da mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib quyidagilar belgilandi:
– mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish;
– aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
– tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash;
– o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, ko‘paytirish va keyingi avlodga yetkazish hamda biologik xilma-xillikni saqlash;
– “Yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishiga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish va hokazolar.
O‘z tahlillarida olimlar maishiy chiqindilar yoki kanalizatsiya kabi an’anaviy ifloslantiruvchi jihatni zamonaviy sanoat ifloslanishidan ajratib oldi. Tadqiqotda aytilishicha, an’anaviy ifloslantiruvchi moddalardan o‘lim dunyo bo‘ylab kamayib borayotgan bo‘lsa-da, ular Afrika qit`asida asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. Oddiygina oqova suvni qayta ishlatishda qancha jarayonlardan laboratoriyalardan foydalanishimizga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, havoni tozalashning tabiiy filtri bo‘lgan daraxtlarimiz kesilib o‘rniga mayda nihol qurilmoqda, katta daraxtning har bir bargi qancha kislorod ishlab chiqaradi.
Hozirda yashil makon platformasida kiritilayotgan daraxtlarni taqdiriga befarq bo‘lmaylik. Yashil belbog`ni davom etirmasak biz aholi orasida juda xavfli bo‘lgan kasalliklar – astma, bo‘qoq, bronx yo‘llarida uchraydigan kasalliklar bilan kurashishimizga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotchilar ifloslanishni kasallik va erta o‘lim bo‘yicha dunyodagi eng katta ekologik xavf omili deb atashdi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili dunyoda har oltinchi o‘limga shu omil sabab bo‘ladi. Ba’zan savol tug‘iladi, biz o‘sib kelayotgan yosh avlodga, tabiatimizni qay darajada yetkazmoqdamiz? ”Iqlimi buzilib bo‘lgan, hammasi sun’iy bo‘lgan basseynlar-u, soxtalikdan iborat bo‘lgan istirohat bog’larini hadya qilyapmizmi? Bu masala borasida faqatgina ekologiya hodimlari kurashishi kerakmi? Yo‘q albatta, bu butun bir dunyo aholisi qayg‘urishi shart bo‘lgan og‘ir masaladir.
To‘g‘ri, mamlakat rahbariyati tomonidan atroflicha chora- tadbirlar ko‘rilmoqda, ammo bu juda kam. Faqat davlat emas, biz ham kelajagimiz uchun kurashishimiz lozim. Chunonchi tabiatga, ekologiyaga yetkazayotgan har bir zararimiz ertaga bizga katta xavf bilan tahdid solishi aniq. Bunga oddiygina Orol dengizini misol qilishimiz mumkin.
F.Murodov
Kogon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi






