Odam savdosi eng xavfli dushman !

Hozirgi kunda butun dunyo bo’yicha aktual mavzuga aylanib borayotgan odam savdosi mavzusi  O’zbekiston Respublikasi hududini ham chetlab o’tmagan.

Uzoq yillar davomida odam savdosiga qarshi kurashish ishlari yurtimizda faol tarzda davom e’tib kelmoqda. Keskin chora tadbirlar va jinoyatchilarga nisbatan qonuniy choralar ko’rish ishlari olib borilmoqda. 2024 -yil hisobiga ko’ra 219 nafar shaxs odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirishlar kiritilib, odam savdosi jinoyati uchun jazolar kuchaytirilgan. Ushbu qonun 2024-yil 17-sentyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 21-dekabrda Senat tomonidan ma’qullangan va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirgan.

2025-yil 19-mayda Jinoyat kodeksining 135-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlar rasmiylashtirilib, odam savdosi jinoyati uchun jazolar yanada kuchaytirilgan .

Asosiy o‘zgartirishlar qatoriga ushbular kiradi:

Jazo choralarining kuchaytirilishi:    

Agar odam savdosi jinoyati qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, jabrlanuvchining shaxsiy hujjatlarini yashirish, olib qo‘yish yoki yo‘q qilish orqali sodir etilgan bo‘lsa, aybdor shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Og‘ir oqibatlar uchun   jazo:                                           

Agar odam savdosi jinoyati jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, aybdor shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. 

Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosib sanksiyalar:  

Ushbu o‘zgartirishlar odam savdosi jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasiga mos ravishda jazolarni belgilashni ko‘zda tutadi.

Odam savdosi nafaqat O’zbekiston uchun balki butun jahon mamlakatlari uchun xavfli dushman bo’lib kelmoqda. Ogoh bo’laylik va odam savdosiga qarshi birga kurashaylik !

Sh.Quvvatov, N.Jo‘rayev, Z.Sherov

Buxoro viloyat sudi jinoyat ishlari

bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari

F.Sharapov

Buxoro viloyat sudi bosh konsultanti