FUQАROLIK ISHLАRINI VIDEOKONFERENSАLOQА TIZIMIDАN FOYDАLАNGАN HOLDА OʼTKАZISH TАRTIBI

Oʼtgan davr mobaynida Oʼzbekistonda barcha sohalar qatori sud-huquq yoʼnalishida ham keng koʼlamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, sud majlislarida zamonaviy axbarot-kommunikatsiya tenologiyalari orqali videokonferentsaloqa rejimi tashkil etildi. Sohadagi bu yangilik sud protsessi ishtirokchilariga katta qulaylik yaratdi.

Sudda videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisini oʼtkazishga tayyorgarlik koʼrish, uni oʼtkazish va taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash Oliy sud Plenumining “Fuqarolik, jinoyat va maʼmuriy ishlarni koʼrishda sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimida oʼtkazishning ayrim masalalari toʼgʼrisida”               2017 yil 24 iyundagi 23-sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Fuqarolik ishlarini videokonferentsaloqa tizimidan foydalanishda, sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilaridan birortasi ishni koʼrayotgan sudga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan taqdirda VKА rejimidagi sud majlisi oʼtkazilishi mumkin.

Sudьya ishni sudda koʼrishga tayyorlash toʼgʼrisidagi ajrim (qaror)da ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga ularning VKА rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqini koʼrsatib oʼtadi.

VKА rejimidagi sud majlisi oʼtkazilishining aniq sanasi

va vaqti sudьya tomonidan ishni koʼrayotgan sudning Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari boʼyicha sud xodimi bilan kelishilgan holda “Sud majlislarini VKА rejimida oʼtkazish jadvali”dan kelib chiqib belgilanishi lozim.

Sudьya yordamchisi ishni sudda koʼrishga tayyorlash toʼgʼrisidagi ajrim (qaror)ni ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuborilishini hamda bir nusxasini ishni koʼrayotgan sudning АKT xodimiga roʼyxat asosida imzo orqali topshirilishini taʼminlaydi.

VKА rejimidagi sud majlisini oʼtkazishga koʼmaklashadigan sudga kelib tushgan ishni sudda koʼrishga tayyorlash toʼgʼrisidagi ajrim (qaror) axborot tizimi orqali roʼyxatdan oʼtkazilib, shu kunning oʼzida АKT xodimiga topshiriladi.

  VKА rejimidagi sud majlisini oʼtkazishga koʼmaklashadigan sud sud majlisini VKА rejimida oʼtkazilishini biror bir sababga koʼra taʼminlay olmagan taqdirda, АKT xodimi ishni koʼrayotgan sudning АKT xodimiga zudlik bilan telefon, faks va boshqa aloqa vositalari orqali xabar beradi. Oʼz navbatida ishni koʼrayotgan sudning АKT xodimi bu haqda ish boʼyicha maʼsul sudьyani xabardor qiladi.

VKА rejimidagi sud majlisini oʼtkazishga koʼmaklashadigan sud bilan VKА oʼrnatishning imkoni boʼlmagan taqdirda, sudьya protsessual qonun hujjatlariga asosan ishni koʼrishni keyinga qoldirish choralarini koʼradi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sud majlisida taqdim etilgan hujjatlar, jumladan ishonchnomalar, arizalar, iltimosnomalar, yozma fikr-mulohazalar va boshqa yozma dalillar sud majlisini oʼtkazishga koʼmaklashadigan sud АKT xodimi tomonidan skaner yordamida elektron shaklga keltirilib, Internet tarmogʼi orqali ishni koʼrayotgan sudga uzatiladi.

VKА rejimidagi sud majlisini oʼtkazishga koʼmaklashadigan sud АKT xodimi keyingi ish kunidan kechiktirmasdan sud majlisida taqdim etilgan hujjatlar, jumladan, ishonchnomalar, arizalar, iltimosnomalar, yozma fikr-mulohazalar va boshqa yozma dalillarni kuzatuv xati orqali ilova qilinayotgan hujjatlar roʼyxati asosida ishni koʼrayotgan sudga yuboradi.

Ushbu yaratilgan qulayliklar fuqarolar va sud sohasi xodimlariga juda katta imkoniyatlar yaratib berdi. Bugungi kunda boshqa viloyatdagi sud majlisiga borish, buning uchun sarf-xarajat qilish, ortiqcha vaqt yoʼqotish kabi tashvishlar deyarli barham topdi.

            Ikromjon Toshov,

            Buxoro viloyat sud’yasi

Bobir Ismoilov,

Buxoro viloyat sudi sud’ya katta yordamchisi