Shahar bedarvoza emas
M.G‘ulomov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2024-yil 10-dekabr kuni soat taxminan 20:20 da Kogon shahar, Bunyodkor mahallasi, Buxoro shoh ko‘chasi,
35-uyning yerto‘lasida joylashgan “O‘zbegim” pivo, spirtli ichimliklari sotish shoxobchasida notanish bir fuqaro, ya’ni F.G‘oziyev bilan arzirli sabablarsiz o‘zaro janjallashib qolishdi.
Janjal davomida M.G‘ulomov F.G‘oziyevning turli sohalariga oyoqlari bilan tepib, qo‘llarini musht qilgan holda bir necha marotaba urib, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazdi.
Sud, davlat ayblovchisi va himoyachining xulosasini, sudlanuvchi va jabrlanuvchining ko‘rsatmasini eshitib, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, sudlanuvchining jinoyat sodir etishdagi aybi o‘zining iqrorlik bildirib bergan ko‘rsatmasidan tashqari, dastlabki tergov va sudda so‘roq qilingan jabrlanuvchining ko‘rsatmalari, xabarnoma va hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi va unga foto ilovalar, ekspertiza xulosasi, so‘roq qilish bayonnomalari, tushuntirish xatlari hamda jinoyat ishida to‘plangan boshqa dalillar yig‘indisi bilan o‘z tasdig‘ini topgan deb hisobladi.
Mushtumzo‘rga 1 yilu 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu M.G‘ulomov singari “polvon”larga yaxshigina “dars” bo‘ldi, bizningcha. Bunday mushtumzo‘rlarga dono xalqimizning aytgan adolatli gapi bor: “Shahar bedarvoza emas”. Kim qonunni buzsa, qilmishiga yarasha jazo olishi muqarrar.
Yashin NIYOZOV
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudining raisi