FUQАROLIK ISHLАRINI VIDEOKONFERENSАLOQА TIZIMIDАN FOYDАLАNGАN HOLDА O‘TKАZISH TАRTIBI

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda barcha sohalar qatori sud-huquq yo‘nalishida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, sud majlislarida zamonaviy axbarot-kommunikatsiya tenologiyalari orqali videokonferentsaloqa rejimi tashkil etildi. Sohadagi bu yangilik sud protsessi ishtirokchilariga katta qulaylik yaratdi.

Sudda videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish va taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash Oliy sud Plenumining “Fuqarolik, jinoyat va ma’muriy ishlarni ko‘rishda sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimida o‘tkazishning ayrim masalalari to‘g‘risida”               2017-yil 24-iyundagi 23-sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Fuqarolik ishlarini videokonferentsaloqa tizimidan foydalanishda, sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilaridan birortasi ishni ko‘rayotgan sudga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan taqdirda VKА rejimidagi sud majlisi o‘tkazilishi mumkin.

Sudьya ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim (qaror)da ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga ularning VKА rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqini ko‘rsatib o‘tadi.

VKА rejimidagi sud majlisi o‘tkazilishining aniq sanasi

va vaqti sudьya tomonidan ishni ko‘rayotgan sudning Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha sud xodimi bilan kelishilgan holda “Sud majlislarini VKА rejimida o‘tkazish jadvali”dan kelib chiqib belgilanishi lozim.

Sudьya yordamchisi ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim (qaror)ni ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuborilishini hamda bir nusxasini ishni ko‘rayotgan sudning АKT xodimiga ro‘yxat asosida imzo orqali topshirilishini ta ‘minlaydi.

VKА rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sudga kelib tushgan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim (qaror) axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilib, shu kunning o‘zida АKT xodimiga topshiriladi.

  VKА rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sud sud majlisini VKА rejimida o‘tkazilishini biror bir sababga ko‘ra ta ‘minlay olmagan taqdirda, АKT xodimi ishni ko‘rayotgan sudning АKT xodimiga zudlik bilan telefon, faks va boshqa aloqa vositalari orqali xabar beradi. O‘z navbatida ishni ko‘rayotgan sudning АKT xodimi bu haqda ish bo‘yicha ma ‘sul sudьyani xabardor qiladi.

VKА rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sud bilan VKА o‘rnatishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, sudьya protsessual qonun hujjatlariga asosan ishni ko‘rishni keyinga qoldirish choralarini ko‘radi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sud majlisida taqdim etilgan hujjatlar, jumladan ishonchnomalar, arizalar, iltimosnomalar, yozma fikr-mulohazalar va boshqa yozma dalillar sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sud АKT xodimi tomonidan skaner yordamida elektron shaklga keltirilib, Internet tarmog‘i orqali ishni ko‘rayotgan sudga uzatiladi.

VKА rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sud АKT xodimi keyingi ish kunidan kechiktirmasdan sud majlisida taqdim etilgan hujjatlar, jumladan, ishonchnomalar, arizalar, iltimosnomalar, yozma fikr-mulohazalar va boshqa yozma dalillarni kuzatuv xati orqali ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati asosida ishni ko‘rayotgan sudga yuboradi.

Ushbu yaratilgan qulayliklar fuqarolar va sud sohasi xodimlariga juda katta imkoniyatlar yaratib berdi. Bugungi kunda boshqa viloyatdagi sud majlisiga borish, buning uchun sarf-xarajat qilish, ortiqcha vaqt yo‘qotish kabi tashvishlar deyarli barham topdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining tizimni boshqarish va xizmat ko‘rsatish muhandisi

Shamsiyev Shohruh Fazliddinovich